O‘zbekiston | 16:47 / 29.06.2016
10344
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov Istanbul terakti munosabati bilan Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi

2016 yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga Istanbul shahridagi xalqaro aeroportda sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan maktub yo‘lladi.

O‘zbekiston rahbari Turkiya prezidentiga va qardosh turk xalqida samimiy ta'ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a'zolariga va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

28 iyun kuni kechqurun Istanbuldagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda yuz bergan teraktlar oqibatida, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 41 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarosi borligi aytildi.