Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Toshkentda elektrlashtirilgan tezyurar temir yo‘li halqasi loyihasini tasdiqladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkentda ikki izli elektrlashtirilgan tezyurar temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi.
Elektrlashtirilgan tezyurar ikki izli halqa temir yo‘li Toshkent shahriga asosiy magistral kirishlar bilan tutashtiriladi, bu esa yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, yer usti jamoat transporti va shahar avtomobil yo‘llariga tushadigan yuklamani kamaytirish, shunindek, ekologiya va atrof-muhitni yaxshilash imkonini beradi.

Hujjatga ko‘ra loyiha qiymati 320,1 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga 2018 yilning 1 oktabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga loyihaning texnik-iqtisodiy baholanishini tasdiqlash uchun kiritish vazifasi yuklatildi.

Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri birinchi o‘rinbosari - «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi A.Ramatov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
19:36 / 13.02.2026
Toshkent bosh rejasi bahorda o‘zgartirilishi mumkin – Murad Buildings
11:25 / 13.02.2026
Toshkent ko‘chalariga panjaralar qaytyapti. Ular xavfli bo‘lgani uchun olib tashlangandi
10:38 / 12.02.2026
Toshkentdagi “Dna motors” avtosaloni mansabdorlari qamoqqa olindi
23:28 / 11.02.2026