Dunyodagi eng og‘ir vaznli ayol 140 kilogrammga ozdi

Dunyodagi eng og‘ir vaznli ayollardan biri hisoblangan mirslik Imon Ahmad Abdulatiy Hindistonda besh hafta davomida davolanish jarayonida 140 kilogrammga ozdi. Bu haqida PTI agentligi davolash muolajalari olib borilayotgan shifoxona xabariga asoslanib, ma'lumot berdi.
Misrlik ayolning ayanchli taqdiri haqida o‘tgan yilning oktabr oyida Al-Arabiya telekanali xabar bergan edi. Shifokorlar 36 yoshli ayolning holatiga "fil kasalligi" va "bez yetishmovchiligi" deya tashxis qo‘yishmoqda. Ayol falajga yo‘liqib, to‘shakka mixlanib qolgandi. O‘tgan yilning oxirida bariatrik va laparoskopik jarrohlikka ixtisoslashgan mumbaylik shifokor Mufazzal Lakdavala Abdulatiyning holatiga e'tibor qaratdi va ayolga yordam qo‘lini cho‘zishga qaror qildi. 11 fevral kuni Imon maxsus bort bilan Hindistonga olib kelindi.
7 mart kuni Imon oshqozon hajmini dastlabki holatidan 15 foizga qisqartiruvchi jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. Shifokorlar yog‘ning yirik qismini olib tashlashdi va uning oziq-ovqat iste'moliga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishdi.
"Imonning hozirgi vazni 358 kilogrammdan iborat", - deyiladi Mumbaydagi Saifee Hospital klinikasi bayonotida.
Misrlik ayol hozirda maxsus parhezga rioya qilmoqda: har ikki soatda uni soya sutida aralashtirilgan kam tuzli proteinli kokteyl bilan oziqlantirishmoqda. Imon bir kunda 1,8 ming kaloriya iste'mol qilmoqda. Uni trubkadan oziqlantirish zarur, chunki ayol falajdan keyin taomni yutishga qiynaladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
Jahon | 17:35
-
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
O‘zbekiston | 17:21
-
O‘zMUdagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi muhokama qilindi
O‘zbekiston | 17:20
-
Reuters: Rossiya tomonida turib jang qilishga yuborilgan qariyb 600 nafar KXDR harbiysi halok bo‘ldi
Jahon | 17:12
Mavzuga oid

16:55
Pokiston tomoni Hindiston 24-36 soat ichida zarba berishni rejalashtirganini aytmoqda

16:21 / 29.04.2025
Hindiston Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilarning uylarini yer bilan bitta qildi

15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

08:00 / 29.04.2025