12:20 / 28.01.2018
9035

Polsha bosh vaziri Rossiyani asosiy tahdid deb atadi

Foto: Getty Images

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Politico nashriga bergan intervyusida, Rossiya bugungi kunda uning davlatiga katta tahdid solib turgani haqida gapirdi.

«Men Rossiya tahdidiga jiddiy yondashaman. Men Rossiya Ukrainada amalga oshirgan ishlarni juda xavfli ishlar deb hisoblayman. Biz Yevropa Ittifoqidagi hamkorlarimiz va AQSh bilan Davosda shu tahdid to‘g‘risida gaplashdik»,— deya qayd etgan u.

Janob Moravetskiy Rossiya Ukrainaga «bostirib kirgani»ni qayd etgan.

«Donbassda urush boshlansa, Rossiya armiyasi Ukrainada yanada ichkariroq kirishni istasa nimalar bo‘ladi? Buni bilib bo‘lmaydi; umid qilamizki, ular bunga botinishmaydi, ammo har ehtimolga xavf qarshisida qurolsiz qolgandan ko‘ra, ikkinchi va uchinchi mudofaa chiziqlariga ega bo‘lgan yaxshi»,— degan polshalik vazir.

Moravetskiy Polsha hukumatini o‘tgan yilning 11 dekabridan buyon boshqarmoqda. U bu lavozimni egallaguniga qadar Polsha Moliya vaziri bo‘lgan, u bu lavozimda hukumat bilan birga iste'foga ketgan Beat Shidlo o‘rnini egallagandi.

Mavzuga oid
Top