Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi qizi tortib olingan ayolga yordam bermoqda
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi shahar politsiyachilari tomonidan bir yoshlik qizi tortib olingan Nilufar Mamasaidovaning shaxsiy ma'lumotlarini tasdiqladi. Bu haqda RIA Novosti ayolga huquqiy yordam ko‘rsatayotgan Bahrom Ismoilovga asosan xabar berdi.
Avvalroq Moskva shahar huquq-tartibot idoralari o‘g‘irlik qurboniga aylangan o‘zbekistonlik Nilufar Mamasaidovaga yordam berish o‘rniga, uning bir yoshli qizchasini tortib olib, o‘zini hibsda saqlashayotgani haqida xabar berilgandi.
"O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limi beshinchi yanvar kuni pasport ma'lumotlarini tasdiqlovchi maxsus hujjat taqdim etdi. Hammasini tezkorlik bilan amalga oshirishdi", - deb xabar berdi Ismoilov. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston elchixonasi "bu masalaga jiddiy kirishdi va u bugun har tomonlama hal qilinishi kerak".
Rossiya prezidenti qoshidagi bola huquqlari bo‘yicha vakil Anna Kuznetsovaning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarosiga farzandini qaytarish uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratish lozim. Uning qo‘shimcha qilishicha, bola hozirda yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda va onasi hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng qizini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Ismoilovning so‘zlariga ko‘ra, Nilufar asli Andijondan bo‘lib, Moskvada ikki yildan beri yashaydi, qizi ham Rossiya hududida dunyoga kelgan. Uning turmush o‘rtog‘i O‘zbekistonga chiqarib yuborilgan. Ayolning oilasida uning O‘zbekistonga qaytishiga yordam berish uchun moliyaviy imkoniyati yo‘q ekani aytilmoqda. 2016 yilning 25 dekabr kuni Mamasaidova uyiga o‘g‘rilikka tushgan jinoyatchilar uning hujjatlarini o‘g‘irlab ketishgan. Shu kunning o‘zida jabrdiyda Moskva IIV Kuntsevo tumani IIBga hujjatlari o‘g‘irlangani yuzasidan murojaat qilgan.
Huquq himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, tuman IIB xodimlari, jinoyatchilarni topish o‘rniga O‘zbekiston fuqarosidan uning farzandini tortib olishga qaror qilgan. Ular bolaning ayolga tegishli ekaniga oid hujjatlar yo‘qligini ro‘kach qilishgan.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026