12:26 / 21.07.2017
31623

Asaka tumaniga yangi hokim tayinlandi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov

Andijon viloyati, Asaka tumani hokimligida xalq depuputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Yig‘ilishda Oliy Majlis Senati a'zosi, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, Yakubov Erkinjon Abdullayevich Asaka tumaniga hokim etib tayinlandi. 

Erkinjon Yakubov mutaxassisligi bo‘yicha agronom olim bo‘lib, u Shovvozov Toxir Nasretdinovich o‘rnida faoliyat yuritadigan bo‘ldi.

Yakubov Erkinjon Abdullayevich
Top