12:27 / 28.07.2016
4776

OAV: 2015 yil Yevropada 267 kishi teraktlar qurboniga aylangan edi, 2016 yilning yarmida bu ko‘rsatkich 172 kishini tashkil etmoqda

Foto: Reuters

Yevropa hududida so‘nggi ikki yil ichida 443 nafar inson teraktlar qurboniga aylandi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2014 yilda “ko‘xna qit'a”da 18 marta terakt amalga oshirildi. 2014 yilda amalga oshirilgan teraktlarda 4 kishi, 2015 yilda esa 267 kishi, joriy yil yarmida esa 172 kishi halok bo‘lgan.

Shu vaqt mobaynida eng yirik teraktlar Parij, Anqara va Nitsaada amalga oshirildi. Teraktlar natijasida Parijda halok bo‘lganlar soni 155 nafar, Anqarada 102 nafar, Nitstsada esa 84 kishini tashkil etmoqda.

Eng so‘nggi hujum 26 iyul kuni Fransiyadagi cherkovda sodir etildi. Buning oqibatida bir nafar ruhoniy halok bo‘ldi. Hujumni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.

Top