19:30 / 13.03.2018
9379

Oq uy Tillersonning iste'fosini izohladi

Foto: Depositphotos

AQSh Davlat departamenti rahbari Reks Tillersonning ishdan bo‘shatilishi va uning o‘rniga Markaziy razvedka boshqarmasi direktori yangi rahbar etib tayinlanishi mamlakat prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya bilan muzokaralar boshlanishi arafasida yangi jamoani shakllantirish istagida ekani bilan bog‘liq. Bu haqda Reuters agentligi Oq uy rasmiysiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

«Tramp KXDR bilan muzokaralar boshlanishi arafasida, shuningdek savdo sohasidagi boshqa turli muzokaralardan oldin yangi jamoaga ega bo‘lishni istadi», — degan manba.

Bundan avvalroq Tramp Reks Tillersonni AQSh Davlat kotibi lavozimidan olish qaroriga kelganini ma'lum qilgandi. U shuningdek, Tillerson o‘rniga o‘tkazilgan Mayk Pompeo o‘rniga Markaziy razvedka boshqarmasiga Jina Xespel yangi direktor bo‘lganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top