Taniqli sport sharhlovchisi va jurnalist Xayrulla Hamidov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma'rifat» telekanalida bosh muharrir lavozimida ish boshladi. Bu ma'lumotni uning o‘zi «KUN.UZ»ga tasdiqlagan.

Xayrulla Hamidov ushbu telekanalning «Madaniy-badiiy dasturlar» muharririyatiga bosh muharrir etib tayinlangan.

Shuningdek, Xayrulla Hamidov MTRKning «Sport» telekanalidagi sharhlovchilik faoliyatini ham davom ettiradi va futbol muxlislari qalbidan joy olgan «Shedevr» mualliflik ko‘rsatuvi ham to‘xtatilmaydi.