10 noyabr kuni Samarqand şahrida BMT şafeligida «Markaziy Osiyo: bir ötmiş va bir kelajak, barqaror rivojlaniş va özaro farovonlik uçun hamkorlik» nomli xalqaro konferensiyasi öz işini boşladi. Tadbirda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarining özaro hamkorlikda yangi bosqiçga qadam qöyişi lozimligini ta'kidlab ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

«Transport, logistika va tranzit yölaklari borasida mintaqada hamkorlik rivojlanişi lozim. Özbekiston va Turkmaniston örtasida temir yöl infratuzilmasi, xususan avtomobil köprigi foydalanişga topşirilgani, keyinçalik undan Turkmaniston-Eron-Ummon yönalişida logistika yölagi paydo bölişini alohida ta'kidlaş kerak. Bunday hamkorlikni Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy temir yölida ham kuzatiş mumkin. Biz ana şu tarmoqda avtomagistral loyihasini yakunlaşni ham rejalaştirganmiz», deydi Şavkat Mirziyoyev. 

Ana şu bildirilgan fikrlarni xulosa qilgan holda, Özbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil Toşkent şahrida «Markaziy Osiyo xalqaro transport yölagi tizimida: strategik istiqbollar va amalga oşmagan imkoniyatlar» mavzusida xalqaro anjumanni taşkil etişni taklif qildi.

«Öylaymanki, bunda hamkor davlatlar faol qatnaşadi», deb qöşimça qiladi prezident.