Koreya kundaligi: Yaponiyaga bepul viza oliş tartibi haqida
|20:45 / 24.02.202028 5628 min
Ötmişda donişmandlar bejizga köp sayohat qilişmagan. Sayohat – inson dunyoqaraşini kengaytiradi, fikrlaşi va hayotiy tajribasini östiradi.
Xalqining yuksak madaniyati bilan beqiyos taraqqiyotga erişgan Yaponiyadek davlatga sayohat qiliş – kişini şaxs sifatida rivojlanişida muhim qadam böla oladi. Bu Janubiy Koreyadagi özbeklar uçun nisbatan osonroq – masofa yaqin, viza oliş ehtimoli ham yuqori.
Koreya kundaligi ruknidagi navbatdagi maqolamiz orqali, öz tajribamizga asosan, bu mamlakatdan Yaponiyaga sayohat vizasini oliş haqida hikoya qilamiz.
Aytişlariça, Koreyada joylaşgan Yaponiya elçixonasi va konsullik idoralariga viza uçun murojaat qilgan özbekistonlik sayohatçilarning arizasi aksariyat hollarda qanoatlantirilar ekan. Şaxsiy tajribamizda ham buning guvohi böldik.
Sayohat vizasini qölga kiritiş uçun 7ta asosiy talabni bajariş va 7 kun kutiş kifoya ekan.
Kerakli hujjatlar:
1. Pasport asl nusxasi
2. Viza ma'lumotnomasi
3. Fotosurat
4. Aviaçipta va mehmonxona band qilinganini tasdiqlovçi hujjat
5. Yaponiyada barça sayohat xarajatlarni qoplovçi pul mablaği körsatmasi
6. Yaponiyaga sayohat rejasi
7. Pasport va ID karta nusxasi
Har bir bosqiçga alohida töxtalib ötamiz.
Hisob raqamdagi pul aylanmasi qança bölişi kerak?
Yaponiyaga safar qilişni istaganlar özi rejalaştirgan boriş sanasidan 3 oy oldin tayyorgarlik boşlaşi foydadan xoli bölmaydi.
Mavzuga oid
Agarda hisob raqamingizdagi pul aylanmasi oyiga 1-1,5 mln Koreya vonini taşkil etsa, alohida e'tibor qaratiş şart emas. Lekin talabalarda bu doim ham kuzatilmaydigan holat. Şu sababdan, hisobingizga pul ötkazib, boşqaga ham yuborib turiş zarur.
Ayni şu hujjatlar bilan boğliq masalalar tufayli viza beriş rad etilişi holatlari köp uçrab turadi.
Tavsiya etiladigan raqamlar quyidagiça: oylik pul aylanmasi örtaça 1-2 mln von ($800-1600) bölişi, bevosita sayohat oldidan esa hisob raqamda 3 mln von ($2500) atrofida mablağ bölişi zarur.
Vatandoşlarimizdan birining aytişiça, sönggi uç oy mobaynidagi pul aylanmalari yetarli bölmagan va hatto 10 ming dollargaça hisobida mablaği bölganlar ham konsullikdan rad javobini olgan hollar kuzatilgan.
3 oy davomida kirim-çiqim bölmagan hisob raqamda birdan 10 ming dollar paydo bölişi şubha uyğotadi, albatta.
Aviaçipta band qilmay turib, hujjat topşira olmaysiz
Bank bilan boğliq işlar hal bölgaç, eng birinçi aviaçipta va mehmonxonani oldindan band etiş maqsadga muvofiq.
«Mabodo viza çiqmay qolsa, oldindan buyurtma berilgan aviaçipta yoki mehmonxona puliga kuyib qolmaymizmi?» degan savol tuğilişi tabiiy. Javob esa oddiy: bekor qiliş bepul va buyurtma beriş uçun esa oldindan tölov talab qilmaydigan saytlar talaygina.
Aviaçipta masalasini internet orqali hal etsak ham bölardi, lekin tavsiyalarga köra, bir universitet içkarisida joylaşgan sayyohlik agentligi orqali band qilişga qaror qildik. 8 dollar evaziga işimiz bitdi.
Sayyohlik agentligi xodimiga köra, agarda siz yugur-yugurlarda qatnaşmay, barça hujjatbozlik işlari agentlik tomonidan bajarilgan taqdirda taxminan 180 dollar, talabalarga esa 140 dollar atrofida xizmat haqi olinar ekan.
Jarayonni oxirigaça öz közimiz bilan körişni ixtiyor qilib, hujjatlar töplaşda davom etdik.
Bepul mehmonxona topiş masalasi
Bizga berişgan maslahatlar asosida, booking.com sayti orqali bepul band qiliş mumkin bölgan mehmonxona izlaşga kirişdik.
Saytda röyxatdan ötgaç, turarjoy tanlayotib, ba'zi bandlarga alohida e'tibor qaratiş sizni ortiqça ğalvadan xalos etadi. «Free cancellation» (bepul bekor qiliş), «No prepayment» (oldindan tölov yöq) va «Book without credit card» (kredit karta talab etilmaydigan) bandlariga belgi qöying va monitorda faqatgina şu turdagi mehmonxonalar röyxati çiqadi.
Otellardan birini tanlab, aviaçipta sanalariga mos qilib xona band etiş zarur. Jarayon muvaffaqiyatli amalga oşgaç, buni tasdiqlovçi ma'lumotlarni A4 formatidagi varaqqa çop etib oliş kerak böladi.
Buyurtmani bekor qiliş uçun ortiqça xatti-harakat şart emas – tölov qilinmagaç, heç qanday jarimalarsiz öz-özidan yaroqsiz holatga ötib qolaveradi.
Yaponiyada bölib turiş rejasini tuzdingizmi?
Sayohat rejasi oz muddatga bölişi – har jihatdan foydali! Reja aeroportdan tuşgandan boşlab, qaytib ketgunga qadar imkon qadar bafurja tuzilgani ma'qul.
Aviaçipta neça kun oraliğida amalda bölsa, şunga mos ravişda kun tartibi öylab çiqiladi. Bilmaganimiz uçun, 11 kunlik oraliq bilan boriş-keliş çiptasini band qilib qöygan ekanmiz, natijada Yaponiyada 11 kun qoliş rejasini tuzişimizga töğri keldi. 3-5 kunlik sayohat rejasini tuziş işni biroz bölsa-da osonlaştiradi.
Jadval asosida qaysi kuni qayerga boriş va nima bilan band bölişingiz röyxatini körsatiş tavsiya etiladi. Hozirgi telefon raqamingiz va mehmonxona manzili jadvalning keyingi bandlaridan örin oladi.
Viza anketasini töldirişda nimalarga e'tibor qaratiş kerak?
Ariza (application form)ga şaxsiy ma'lumotlar kiritiladi. Maxsus şablon asosida xoh kompyuterda, xoh qölda yozişingiz mumkin. Köplab tajribali sayohatçilar kompyuterda töldirişni tavsiya etişadi.
Ayrim bandlar sizga tegişli bölmasligi mumkin, bunday bandlarga «N/A» qöyib ketiş yetarli. Xato qilib qöyişdan qörqib, uzoq boş qotiriş şart emas, biz töldirgan qoğozda ham ba'zi kamçiliklar çiqdi. Konsullik xodimlari xato ketgan joyni öçirib, töğrilaşni söraşdi. Demak, xato qilib qöyiş u qadar katta oqibatga olib kelmaydi.
Fotosurat talabi – rasmga kulib tuşing!
Bu masalani istalgan fotostudiyaga borib hal qilsa böladi. Surat belgilangan talablarga javob bersa bölgani: hajmi 4,5x4,5 mm, orqa fon oq va oxirgi 6 oy içida olingan bölişi kerak.
Studiya xodimlariga Yaponiya vizasi uçun deyişimiz bilanoq, bizni tuşunişdi. Kamera obektiviga muhrlayotib, kulib turiş zarurligini uqtirdi. Foydali bölarmiş.
Şu suratingiz pasportingizga ilova qilinajak viza stikeriga tuşiriladi.
Biz borgan fotostudiya xizmatidan köpçilik vatandoşlarimiz foydalanişadi şekilli – ofisda özbekça döppiga közimiz tuşdi. Döppi foto
Rasm tayyorlatiş 12 dollarga tuşdi. Elçixona uçun faqatgina 2 donasi kifoya qiladi.
Pasport va ID karta
Fuqarolik pasporti va Koreya immigratsiyasi tomonidan berilgan ID kartaning nusxalari – konsullik uçun kerakli hujjat hisoblanadi.
Barça masalalar muvaffaqiyatli hal bölgandan söng, pasportning asl nusxasi idorada qoldiriladi.
«No photo, no video»
Konsullik idorasi içkarisidagi jarayonni yoritiş maqsadida kamera bilan syomka qilib kirgandik, xavfsizlik tartib-qoidalariga köra bu taqiqlangan harakat ekani oydinlaşdi.
Olingan tasvirlar ham qöriqçi nazoratida öçirtirildi. Bino taşqarisidagi tabloga ruxsat tegdi xolos.
Konsullik xodimasi qisqa muddatlarda hujjatlarning kamçilik qismini töldirişni tayinladi va boşqa muammo qolmagaç, qölimizga bir haftadan keyin pasportni olib ketiş huquqini beruvçi qoğozni tutqazdi.
Viza uçun heç qanday tölov yöq.
Roppa-rosa 7 kunda viza stikeri pasportga qadab berildi. Ruxsatnomaning amal qiliş muddati – uç oy bölib, kunçiqar yurtda 15 kungaça bölib turiş huquqini beradi.
Bizni kuzatişda davom eting, keyingi manzilimiz – Yaponiya!