15:43 / 13.06.2016
8191

"Aldov illyuziyasi 2" MDH kinoprokati yetakchisiga aylandi

Jon Chuning "Aldov illyuziyasi 2" filmi MDH kinoprokatining yetakchisiga aylandi, deb xabar beradi Kinobusiness.com norasmiy va dastlabki ma'lumotlarga tayanib. 

Dunyoning eng yaxshi illyuzionchilari jamoasining sarguzashtlari haqidagi kinokartina debyut hafta - 9-12 iyun uchun 470,5 million rubl ishladi. 

Ikkinchi o‘rinni Dunkan Jonsning "Varkraft" filmi egalladi. Odamlar va orklar urushi haqidagi fentezi-blokbaster mana uch haftadirki, top-ro‘yxatda qatnashib kelmoqda, film bu hafta davomida 102,7 million rubl to‘pladi, undan tushgan umumiy mablag‘ esa 1338,1 million rublga yetdi. 

Uchinchi o‘rindan 101,2 million rubl (umumiy mablag‘ - 512,4 ) ishlagan "Ninzya-toshbaqalar 2" kartinasi joy olgan. Undan keyingi 4- va 5- o‘rinlarda bosh rollarni Mia Vasikovska va Jonni Depp ijro etgan "Alisa Oynaorti mamlakatida" filmi hamda Rayan Gosling va Rassel Krou aktyorlik tarkibida suratga olingan "Ajoyib yigitlar" kartinasini ko‘rish mumkin. 

May oyining oxirida MDH kinoprokatida "Varkraft" filmi yetakchilik qilgan.

Top