Fan-texnika | 14:57 / 28.06.2017
12221
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi kompyuter virusi Osiyoda ham tarqaldi

Foto: RIA "Novosti"

Pul talab qiluvchi Petya virusi Yevropa va AQShdagi kompyuter tizimlariga zarar yetkazgach, Osiyodagi qurilmalarda qayd etildi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Gap Hindiston va Xitoydagi tizimlar haqida bormoqda.

Avvalroq Hindistonning eng yirik konteyner porti yangi virus kiberhujumiga uchragani xabar qilingandi.

Xitoyda ham Petya virusidan zarar ko‘rilgan. Qihoo 360 Technology Co.’ning axborot himoyasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Chjen Venbinning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy buzilishlar bo‘lmagan.

Seshanba kuni "Rosneft" kompyuterlariga yo‘naltirilgan  Petya shifrli virusi butun dunyo mamlakatlari kompyuterlariga ziyon yetkazgani ma'lum bo‘ldi. 

Butun dunyo kompyuterlariga yangicha virus orqali hujum qilindi

Mavzuga oid