Yangi "Toshkent-4" aeroporti Xumo qushi qanotlari ko‘rinishida barpo etiladi

KOICA - Koreya xalqaro hamkorlik agentligi Toshkent xalqaro aeroportining yangi yo‘lovchi terminali (Toshkent-4)ni qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishni yakunladi. Bu haqda, Milliy aviakompaniyaning axborot xizmati xabar qilmoqda.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan anjumanda, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Botir Zokirov, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Kvon Yon U, KOICA va ushbu loyihaga jalb etilgan Koreya kompaniyalari konsorsiumi vakillari, shuningdek, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi rahbariyati va mutaxassislari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston hukumati rejasiga ko‘ra, yangi Toshkent-4 aeroporti eskirgan Toshkent-2 aeroportini almashtirishi va Markaziy Osiyodagi bog‘lovchi aeroportga aylanishi kerak
Yangi terminal 3 yil ichida, ya'ni 2019 yil oxirigacha qurib bitkaziladi. Loyiha qiymati 336,443 mln dollarni tashkil qiladi.
Maydoni 86,94 ming kvadrat metrlik terminal foydalanishga kiritilgandan keyin har yili 5,7 mln yo‘lovchiga xizmat qila oladi.
Loyihaning bosh menejyeri Kim Dong Chel (Inchxon aeroporti) loyihani taqdim qila turib, loyihachilar dunyoda eng yaxshi aeroportlardan biri deb hisoblanuvchi Inchxon aeroportini qurish va boshqarishda olingan tajribadan foydalangan holda O‘zbekiston hukumati talablariga javob beruvchi optimal rejani tuzish va natijalarga erishish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirganlarini ta'kidlab o‘tdi.
UzReport telekanalining ma'lum qilishicha, dizaynerlar g‘oyasiga ko‘ra, terminal yuqoridan Xumo qushining yoyilgan qanotlarini eslatadi. Terminal 36 ta samolyotga mo‘ljallangan perron va 1700 mashinaga mo‘ljallangan avtoturargohni o‘z ichiga oladi va soatiga 1500 kishiga xizmat ko‘rsata oladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu hali yakuniy qaror emas» – Tashqi ishlar vazirligi BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limga hukm qilinganini tasdiqladi
O‘zbekiston | 07:48
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20