Telegram’da endi onlayn-to‘lovlarni amalga oshirish mumkin
Telegram messenjerida Bot Payments onlayn-to‘lovlar servisi ishga tushdi, deb xabar berdi kompaniya o‘z rasmiy saytida.
Avvalroq "Vedomosti" gazetasi, Telegram asoschisi Pavel Durov Instagram’da botlar yordamidagi yangi to‘lovlar servisi ishga tushirilishi haqidagi matbuot relizining xomaki nusxasini e'lon qilgani haqida xabar bergandi.
"Agarda sizda 4.0 versiyadagi (va undan yuqori) Telegram o‘rnatilgan bo‘lsa, endilikda tegishli botlardan tovarlar yoki xizmatlarga buyurtma berishingiz mumkin. Endilikda bu botlar o‘z xabarlariga Pay tugmachasini qo‘shishi mumkin", - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, ayni damda to‘lovlarning katta qismi Stripe tizimi yordamida qayta ishlanadi, biroq yaqin vaqt ichida to‘lovlar Hindistondan bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga RazorPay, Nigeriya, Keniya, Gana, Janubiy Afrika va Ugandadan bo‘lganlarga esa FlutterWave hamda boshqa 190 ga yaqin davlatda PaymentWall yordamida taqdim etilishi mumkin.
Biroq, kompaniyaning ta'kidlashicha, "Rossiya uchun Yandeks.Dengi va Qiwi hamda O‘zbekiston uchun Payme biroz keyinroq ishga tushadi".
Mavzuga oid
20:04 / 26.11.2024
Kriptovaluta bilan bog‘liq bitimlar Telegramʼning asosiy daromad manbaiga aylandi
22:35 / 23.11.2024
Fransiyada deputatlarning Telegram akkauntlari buzib kirilgani yuzasidan tergov boshlandi
18:03 / 03.11.2024
Telegram mini-ilovalar uchun yangi funksiyalarni joriy qiladi
19:23 / 02.11.2024