Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik milliarder va uning rafiqasi o‘z uylarida jonsiz holda topildi
Kanadalik milliarder, Apotex farmatsevtik kompaniyasi asoschisi Barri Sherman rafiqasi bilan Torontodagi uylari yerto‘lasida o‘lik holda topildilar. Bu haqda 15 dekabrda The Globe and Mail nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, politsiyada qotillik versiyasi rasman qaralmayapti, biroq voqea “shubhali holat” sifatida tergov qilinmoqda. Politsiyada marhumlar tanalarida biror-bir jarohat izlari, uyga buzib kirish alomatlari bor-yo‘qligi ma'lum qilinmagan.
Ta'kidlanishicha, Torontoning nufuzli tumanida joylashgan Shermanlar uyi yaqinda 7 mln dollarga sotuvga qo‘yilgan, biroq juftlik o‘lgani haqidagi yangiliklar paydo bo‘lgandan keyin e'lon olib tashlangan.
Sherman 75 yoshda, uning rafiqasi 70 yoshda bo‘lgan. U 1974 yilda Kanadada eng yirik farmatsevtik kompaniyaga aylangan Apotex kompaniyasiga asos solgan. Shermanning boyligi 3,65 mlrd dollarga baholangan, u Kanadaning eng boy odamlari ro‘yxatida 15-o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid
20:05 / 12.02.2026
Kanadada mamlakat tarixidagi eng ommaviy qotilliklardan biri sodir etildi
11:28 / 11.02.2026
Kanadada maktabdagi otishmada o‘n kishi halok bo‘ldi
07:37 / 09.02.2026
2026 yilda milliarderlarni nima ko‘proq xavotirga solyapti?
12:58 / 07.02.2026