15:30 / 11.12.2017
91479

Tugmacha bosildi. Putin Suriyadan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketishni buyurdi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ertalab Suriyaning Xmeymimidagi RF harbiy bazasiga yetib keldi hamda Suriyadan Rossiya harbiy guruhlarini olib chiqib ketishga kirishish haqida topshiriq berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

"Mudofaa vaziri, Bosh shtab boshlig‘iga Rossiya harbiy guruhini ularning doimiy joylashuvi yeriga olib chiqib ketishga kirishish haqida topshiriq beraman", - deya ma'lum qilgan Putin harbiy xizmatchilar oldida chiqish qilib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar o‘z yaqinlarining oldiga g‘alaba bilan qaytishmoqda ekan. "Vatan sizlarni kutmoqda, do‘stlar. Sizlarga xizmat uchun minnatdorlik bildiraman", - deya aytib o‘tgan Rossiya yetakchisi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "agarda terrorchilar yana bosh ko‘tarishsa, ularga shunday zarbalar beriladiki, buni ular shu paytgacha ko‘rmagan bo‘lib chiqadi".
 
Uning ta'kidlashicha, Moskvada ham Suriyada, ham Rossiyadagi terror bilan kurash qurbonlari hech qachon yoddan ko‘tarilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Rossiya Suriyada terrorchilikka qarshi amaliyot boshladi, u rasmiy Damashq iltimosi bilan qilingani iddao etiladi. O‘tgan yilning mart oyida esa Rossiya harbiy-kosmik kuchlari guruhining katta qismi vazifalar muvaffaqiyatli bajarilgani sababli olib chiqib ketildi. 

 

Mavzuga oid
Top