Bugun, 9 avgust kuni ötkazilgan videoselektorda Toşkent şahri hokimi Rahmonbek Usmonov prezident Şavkat Mirziyoyev tanqidiga uçradi.
«Kun» muxbiri xabar berişiça, prezident şahar hokimini öz sözlarini yaxşi anglamaslikda ayblagan.
«Bitta gap aytgandim, şahar hokimi keyingi kuni şahardagi hamma restoranni yoptiribdi.
Bu menga qilgan döstligimi? «Mirziyoyev aytdi, hammayoqni yopiş kerak, töy bölmaydi» dermiş.
Avval tizim qil, tartib qil. Yoningga kallasi işlaydigan odamlarni yiğsang bölmaydimi?
Odamlar oğzida gap yuribdi. «Nima emiş, Mirziyoyev töyni yopiş kerak, deganmiş».
Men töyxonalarni yopiş kerak demadim, töylarni tartibga keltiriş kerak dedim.
Deputatlar va mahallalar raislari körib çiqib, qöl qöyib, şahar kengaşiga tasdiqlatib, elga bildirib, odamlarga öqitib, keyin joriy qiliş kerak.
Usmonovga öxşaganlar borib bir kunda qaror çiqarvoradi. Özi öqimagan ham.
Bunday döstdan önta duşman yaxşiku. Usmonov şahar hokimi bölsa, boşqa duşman kerak emas menga.
Ertangi kuni hammani yiğib, «Mirziyoyev aytdi, bunaqa töy qiliş mumkin emas» debdi.
Avval örganiş kerak, tartib örnatiş kerak, odamlarning roziligini oliş kerak», degan prezident.
Davlat rahbari şu bilan birgalikda töylardagi dabdababozlikni qoralagan.
«600 kg guruçdan oş qilinyapti. Undan köra, yetimxonaga borib oş bersin», degan Şavkat Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, ötgan kunlar davomida Toşkent şahar hokimi Rahmonbek Usmonov poytaxtdagi töy va ma'rakalarni ixçamlaştirişga kirişgani haqida xabarlar tarqaldi.
Hokim farmoyişi bilan tasdiqlangan tartibnomaga köra, endilikda Toşkent şahrida töy-haşam, tantana, marosim va boşqa oilaviy tadbirlarga taklif etilganlar soni 300 kişidan ortmasligi şartligi, bundan buyon Toşkentdagi töylarda kelin-kuyovning vals tuşişi, pul soçiş-u gul otiş hamda tort kesiş taqiqlanişi körsatilgandi.

















