“Barselona” boş murabbiyi Luis Enrike 6 iyunda bölib ötadigan Çempionlar Ligasi finali borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi. 

“Men 2006 yili Parijdagi finalga muxlic sifatida taşrif buyurganman. Öşanda men farzandlarim va döstlarim bilan vaqtimni çoğ ötkazgan edim. Ajoyib safar bölgandi.

“Yuventus” ajoyib mavsumni ötkazdi. Finalga boşqa öyinlarga tayyorlanganimiz kabi tayyorlanamiz. Bizning köpçilik futbolçilarimiz uçun bu birinçi final emas. Har doimgidek töpni uşlab turişga harakat qilamiz. Töp bizda bölganda imkoniyatlardan tölaqonli foydalanişimiz kerak.

Töp raqibda bölganda pressing qilişga harakat qilamiz. Biz Angliya, Germaniya va Fransiya çempionlari bilan öynadik, şuning uçun bizda ekstra darajadagi jamoalar bilan öynaş borasida tajriba bor.

Çempionlar Ligasidagi ğalaba bizga mavsumdagi uçinçi unvonni olib kelişi mumkin va bu holat klubdagi barçani hayajonga solmoqda. “Barsa” bunday yutuqqa faqat bir bora erişgan. Bu uşbu masalaning qiyinligidan darak beradi.

Ğalaba qiliş uquvini isbotlaş kerak. “Yuve” bizning jamoadan heç jihati bilan qolişmaydi.

“Barselona” muxlislari stadionlarda doimo jöşqin muhitni yaratadilar va heç qaçon taslim bölmaydilar. Ular – dunyodagi eng zör muxlislardir.

Aminmanki, Lionel Messi Ispaniya kubogida “Atletik”ka qarşi öyinda urgan goliga öxşaş golni istalgan jamoaga ura oladi.

“Yuve” borasida meni nima xavotirlantiradi? Hamma narsa. Ularda öyinning borişini belgilovçi futbolçilar bor. Men Andrea Pirlo öyinga kuçli ta'sir qilişini istamasdim, axir men u nimalarga qodirligini bilaman. Ularda töpni oldinga tez yetkazib bera oladigan a'lo darajadagi himoyaçilar bor.

Buni Janluiji Buffon ham qila oladi. Alvaro Morata turinliklarning öyinini kuçaytirdi, unda töpni seziş hissi yaxşi rivojlangan. Karlos Teves esa ekstra-klass öyinçisi.

Lionel Messi dunyoning eng yaxşi futbolçisi. Balki butun futbol tarixidagi eng yaxşi futbolçidir. U futboldan zavq oladigan öyinçilarga asoslangan “Barsa” tizimiga a'lo darajada moslaşa olgan. Messi – eng yaxşi öyinçi, biroq unga jamoaning qolgan öyinçilari ham a'lo darajada yordam beradilar”, deb aytmoqda Enrike.