09:26 / 04.06.2015
2833

Samsung Z3 smartfonini ishlab chiqaradi

Samsung kompaniyasi Tizen operatsion tizimida ishlovchi Z3 ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Tizen Experts portali xabar bermoqda.

Texnik nuqtai nazardan qurilma Android’da ishlaydigan Galaxy Core Prime smartfoniga yaqin turadi. U 5 dyuymli displeyga, 64 bitli arxitekturada ishlangan 1.3 GGts quvvatli Qualcomm Snapdragon 410 to‘rt yadroli protsessorga, 5 Mp kamera va 2000 mA/soat quvvatli akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Z3 2015 yilning ikkinchi yarmida taqdim etilishi kutilmoqda. Ayni paytda Tizen operatsion tizimi faqatgina joriy yilning yanvarida taqdim etilgan Samsung Z1 smartfonlarida ishlaydi.

Top