15:57 / 28.07.2016
4087

Manba: Rossiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi

Futbol bo‘yicha Rossiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasida 31 avgust kuni o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin.

Xabarda yozilishicha, uchrashuv Antaliya shahrida o‘tkaziladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 9 avgust kuni Rossiyaga kelib, Vladimir Putin bilan uchrashadi va shu tashrif vaqtida u rossiyaliklar rahbarini ushbu o‘yinni birgalikda tomosha qilishga taklif etadi.

Bu uchrashuv o‘tgan yilning noyabrida turkiyaliklar tomonidan Suriya osmonidagi rossiyaliklar samolyoti urib tushirilishidan keyin yomonlashgan ikki davlat munosabatlari iliqlashishidagi vositalarda bo‘lishi kerakligi aytilmoqda.

Manba: Tribuna.uz

Top