Mustaqillik yillarida barça sohalarda bölgani kabi ta'lim tizimida ham ijobiy islohotlarga qöl urildi. Buni ta'lim tizimini tubdan yaxşilaş va rivojlantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan va qabul qilinayotgan hujjatlarda ham köriş mumkin.
Har bir soha tegişli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi va bunday hujjatlar asosiy dasturilamal bölib xizmat qiladi.
Yurtimizda ta'lim tizimi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyişlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida yöl qöyilişi bilan bir qatorda, ta'limning har bir bosqiçi töğrisida alohida Nizomlar qabul qilingan. Bunday Nizomlarda ta'lim bosqiçini taşkil etiş tartiblari belgilangan. Bular quyidagilar:
- boğçalar faoliyati - Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat maktabgaça ta'lim muassasasi töğrisida»gi Nizom bilan;
- maktablar faoliyati - Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy örta ta'lim töğrisida»gi Nizom bilan;
- kollej-litseylar faoliyati - Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 6 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasida örta maxsus, kasb-hunar ta'limi töğrisida»gi Nizom bilan;
- doktorantura faoliyati - Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan «Oliy öquv yurtidan keyingi ta'lim töğrisida»gi Nizom bilan.
E'tibor bergan bölsangiz, yuqoridagi röyxatda «Oliy ta'lim töğrisida»gi Nizomni qayd etmadik. Çunki bu nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinmagan.
«Oliy ta'lim töğrisida»gi Nizom 2003 yil 9 yanvar kundagi Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining 9-son buyruği bilan
















