O‘zbekiston | 18:33 / 20.07.2015
28363
4 daqiqa o‘qiladi

Rahmatilla Mirzayevning rafiqasi: o‘g‘limning bu fojiaga aloqasi borligiga ishongim kelmaydi

Taniqli suxandon, bir necha oy muqaddam o‘ldirib ketilgan Rahmatilla Mirzayevning turmush o‘rtog‘i Raisa Mirzayeva “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi. Intervyuda u marhum bilan qanday tanishgani, turmush kechirgani haqida gapirdi, shuningdek, o‘g‘lining ushbu jinoyatga aloqasi borligiga shubha bildirdi.
“Biz Rahmatilla aka bilan 1975 yilda dugonamning tug‘ilgan kunida tanishganmiz, – hikoya qilib berdi Raisa Mirzayeva. – O‘sha yil men chet tillar institutini, Rahmatilla aka esa teatr san'ati institutini tugatdik. U kishini ota-onam bilan tanishtirdim. Avvaliga uning suxandon ekanligi ularga yoqmadi. Keyinchalik u bilan yaqinroq tanishishganidan so‘ng yoqtirib qolishdi. Kunlarning birida Rahmatilla aka ilk uchrashuvlardayoq oramizda mehr paydo bo‘lganini anglab, hammasini har tomonlama o‘ylab ko‘rgani va yakuniy qarorga kelganini aytdi”.
Bundan tashqari, suxandon oilaviy munosabatlari nega darz ketgani haqida gapirib berdi:
“Taniqli erkaklar atrofida doim har xil ayollar, muxlisalar bo‘ladi. Ularning ayrimlari birovlarga tegishli narsalarga darhol egalik qilishni istashadi. Ikki nafar farzandi bor, oilali erkakni yo‘ldan urishga tayyor ayol baxtimizga soya soldi. Afsuski, bundaylar bugun ko‘plab begunoh ayollar va bolalarning baxtiga zavol bo‘lishadi. Hech qaysi ayol mening o‘rnimda bo‘lishni istamasa kerak. Umr yo‘ldoshim bu hodisani hayotidagi eng katta xato deb qabul qilgan. Yillar davomida u oilamizni qayta tiklashga intildi. 8 mart kuni biryo‘la ikkita to‘y haqida yaqinlarimizga ma'lum qilmoqchi edik: bu bizning qayta oila qurishimiz va o‘g‘limizning to‘yi haqida! Afsus...”.
Raisa Mirzayeva o‘g‘li Umidning otasi bilan munosabati yaxshiligini, shu bois uning bu jinoyatga aloqasi borligidan shubhada ekanligini ma'lum qildi:
“Umidning hayotida esa ota-ona asosiy inson edi. u otasini juda yaxshi ko‘rar, unga g‘amxo‘rlik qilar, tez-tez oldiga borib turar, uydagi ishlarni bajarar, otasi yo‘qligida uyda hammasiga bosh-qosh bo‘lardi. Rahmatilla aka bolalaridan itoatkor bo‘lishni talab qilardi...
... 15 fevral kuni. U uyimizga Umidning to‘yi haqida gaplashish uchun kelgan edi. 27 fevral kuni esa oxirgi marta telefon orqali gaplashgandik. Gap Rahmatilla akaning o‘limidan bir necha kun oldin Umidga Lacetti avtomobilini sovg‘a qilganligi haqida bordi. Umidning Spark’i borku, nima uchun yangi mashina kerak bo‘ldi? degan gapimga: Men Umidga va'da qilgan edim, dedi...”.
“Kim nima deyishidan qat'iy nazar, men o‘g‘limning bu fojiaga aloqasi borligiga ishongim kelmaydi”, – so‘zini yakunladi Raisa Mirzayeva.

E`lonlar

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistonda smart GTP: gaz taqsimlashda samaradorlik va xavfsizlikning yangi bosqichi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Soliq qo‘mitasi hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti