14:35 / 22.07.2015
6550

Turkiyada tvitter yopib qo‘yildi

Turkiya hukumati Suruch shahridagi teraktdan keyin boshlangan voqealar tufayli tvitter ijtimoiy tarmog‘ini yopib qo‘ydi.

Bu qaror tarmoqda turli joylarda yuz berayotgan namoyishlarning suratlari paydo bo‘lishidan keyin qabul qilingan.

Ayni vaqtda Turkiyaning bir qancha shaharlarida hukumat siyosatidan norozi kishilar namoyishlarga chiqishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Turkiyaning Suriya bilan chegarasi yaqinidagi Suruch shahrida terakt amalga oshirildi va 32 kishi halok bo‘ldi. Namoyishchilar bunda Turkiya hukumatini ayblamoqda.

Top