Özbekiston Respublikasi xalqi oğir musibatni boşidan keçirmoqda. 2016 yil 2 sentabrida Respublikaning birinçi Prezidenti Islom Karimov 78 yoşida olamdan köz yumdi.
Endilikda, Özbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti öz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda, uning vazifa va vakolatlari vaqtinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uç oy muddat içida, «Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida»gi Qonunga töliq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi ötkaziladi.
Şunga köra, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi – Senat raisi Niğmatilla Tölqinoviç Yöldoşev Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtinça bajaradi.
Niğmatilla Tölqinoviç Yöldoşev 1962 yil 5 noyabrda Toşkent şahrida tuğilgan.
1985 yilda Toşkent davlat universiteti yuridik fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1986 yilda Toşkent viloyati Olmaliq şahar prokuraturasida stajyor sifatida boşlab, 1987-1991 yillarda Olmaliq şahar prokuraturasida boş tergovçi lavozimida faoliyat yuritgan.
1991-1993 yillarda Toşkent şahri Yunusobod tuman prokuraturasi tergovçisi, 1993-1994 yillarda Toşkent şahar prokuraturasi boş tergovçisi bölgan.
1994-1999 yillarda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi boşqarma prokurori lavozimida işlagan.
1999-2000 yillarda Boş prokuratura Boş tergov boşqarmasi taşkiliy-metodik bölimi boşliği sifatida faoliyat yuritgan.
2000-2003 yillarda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi içki xavfsizlikni ta'minlaş inspeksiyasi rahbari bölgan.
2003-2006 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining huquq tartibot va nazorat qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça davlat maslahatçisining prokuratura organlari faoliyati böyiça yetakçi inspektor.
2006-2008 yillarda Yöldoşev soliq va valyutaga oid jinoyatlar, noqonuniy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraş departamenti rahbari bölgan.
2008-2011 yillarda Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari.
2011 yil 21 iyundan Yöldoşev Özbekiston adliya vaziri lavozimiga tayinlangan.








