«Endi mahallada «fuqarobay» ishlaymiz» - Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekistonda aholi muammolarini hal etishning «fuqarobay» ish tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kungi selektorda ma'lum qildi.
«Endi ishni «mahallabay» tashkil etishda mahalla raisi, profilaktika inspektori, maktab direktori, yoshlar yetakchisi yoshlar muammolarini «fuqarobay» aniqlaydi.
Mana, bir paytlar biz «mijozbay» ishladik. Endi mahallada «fuqarobay» ishlaymiz. Uyning ichidagi odamning kayfiyati qanday? Nima murod-maqsadi bor? Nima muammolari bor?
Shularni «fuqarobay» aniqlab, sektor rahbarlari oldida aniq va lo‘nda masalalarni qo‘yishlari shart», – dedi prezident.
Davlat rahbarining aytishicha, viloyatlar hokimlari unga kafolat xatlari yozib bergan. Bu va'dalar bajarilishini Hisob palatasi nazorat qiladi.
«Viloyat hokimlari joriy yilda qancha yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishi, tadbirkorlikka jalb qilishi, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida bandligini ta'minlash bo‘yicha kafolat xatlari yozib bergan.
Men ularni o‘qidim. Endi bu xat nomiga emas. Har hafta dushanba kuni yozilgan kafolat xatlari nima bo‘lyapti, deb, Hisob palatasi rahbari menga ma'lumot beradi.
Bugun ushbu rahbarlar qog‘ozdagi raqamlarni amaldagi ishga aylantirish bo‘yicha hisobot berishlari shart», – ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoro viloyatida yer silkinishi qayd etildi
O‘zbekiston | 07:40
-
Moderna aksiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi
Jahon | 00:36
-
Toshkentda BYD’ning qo‘pol qoidabuzarligi ortidan ikki piyoda jarohat oldi
Jamiyat | 23:44 / 13.01.2025
-
New Gleen raketasi parvozi startga 15 daqiqa qolganda bekor qilindi
Jahon | 23:29 / 13.01.2025
Mavzuga oid
21:06 / 06.01.2025
300 dan ortiq yoshlarga xalqaro imtihonlarni topshirish xarajati vaqtida qaytarib berilmadi
15:16 / 03.01.2025
1 fevralgacha mahallalar uchun bankirlar tayinlanadi
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
13:27 / 14.12.2024