Sebzor ko‘prigi 9 mayda ochilishi kutilmoqda
Toshkentda Shayxontohur va Yunusobod tumanlarini bog‘lovchi Sebzor ko‘prigi 9 mayda ochilishi kutilmoqda.
Hozirgi vaqtda obektda so‘nggi qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, piyodalar uchun mo‘ljallangan yerusti o‘tish yo‘liga eskalatorlar o‘rnatilmoqda.
Bundan tashqari, ko‘prik atrofidagi ko‘chalarning asfalt qoplamalari yangidan yotqizilmoqda.