The New York Times gazetasi muxbiriga maxfiy axborotni bergan AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi, 47 yoshli Jyeffri Sterling mamlakatning milliy mudofaasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborotning fosh etilishida aybdor deb topilib, 42 oyga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Qayd etilishicha, hujjatlarda AQShning Eronga yadro dasturini tugatishga ta'sir qilishida muvaffaqiyatsiz harakatlari haqidagi ma'lumot bayon qilingan. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi ma'lum qildi.