Germaniya kansleri Angela Merkel Instagramdagi sahifasida AQSh prezidenti Barak Obama bilan nonushta qilishi uchun tayyorlangan dasturxon suratini joylashtirdi.
“Angela Merkel va prezident Barak Obamani bavarcha nonushta kutmoqda”, – deb yozilgan surat ostidagi izohda.
Suratda an'anaviy nemis noni, kolbasasi va pivo aks etgan.
Ayni paytda tilga olingan ikki davlat rahbari Bavariya Alplaridagi G7 sammiti o‘tkazilayotgan Elmau qasridadir.