Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning fikricha, muxolifatchi siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishida Ukraina xavfsizlik xizmati va AQSh izini qidirish kerak.
“Fikrimcha, jinoyat izlarini Chechenistonda emas, Ukrainada, UXX, u orqali esa AQShda qidirish kerak. Jinoyat ortida hozirlikda Ukrainaning allaqanday “Johar Dudayev nomli batalon”iga qo‘mondonlik qilayotgan Adam Osmayev turgan bo‘lishi mumkin”, – uning so‘zlarini keltiradi Interfaks.
Shuningdek, Qodirov jinoyatga o‘zining aloqadorligi haqidagi gaplarni inkor qildi:
“Go‘yoki men Nemtsovni o‘ldirish kerak degan emishman. Bu yolg‘on! Men uni o‘ldirib nima qilaman? U bizga nima qildi? U bizga xalaqit bergan bo‘lmasa. U hatto ko‘p yildan buyon bu yerga (Chechenistonga) kelmagan ham edi. Uni oxirgi marta o‘n to‘rt yil muqaddam Gudermesda ko‘rgan edim”.