“Roma”ning ivuarlik hujumchisi Jyervinoning “Al-Jazira”ga o‘tishi bo‘yicha bitimning bekor qilinishi sabablari oshkor qilindi.
Abu-Dabining “Al-Jazira” klubi futbolchi haddan ziyod ko‘p narsa talab qilib yuborgandan keyin uni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytdi.
Futbolchi unga uchuvchi bilan vertolyot, Abu-Dabida oilasi uchun uy-joy, shaxsiy plyaj va Kot-d’Ivuarga cheksiz sondagi biletlar taqdim qilinishi bandlari bo‘lgan shartnomani tuzishni mo‘ljallayotgan edi.
Futbolchining “Roma” bilan shartnomasi 2018 yilda tugashiga qaramasdan, uning kelajagi savol ostida qolmoqda