15:46 / 18.09.2015
2383

Qoraqalpog‘istonda 9 ming 870 gektar maydonga bug‘doy ekildi

2016 yil hosili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida 53 ming gektar maydonga (shundan 47 ming 498 gektar ochiq maydonga, 5502 gektar g‘o‘za qator oralariga) bug‘doy ekish rejalashtirilgan. Bu haqda "Telegraf.uz" xabar bergan.

Tajribali dehqonlar va olimlar tavsiyalari bo‘yicha bug‘doyning sovuqqa chidamli “Krasnodar -99”, “Yaksart”, “Zimnitsa” “Gratsiya”, “Durdona”, “Vostorg”, “Asr”, “Tanya” navlari ekilmoqda. Shuningdek, maydonlarning sharoitiga qarab 550 gektar maydonga yangi navlar ekilishi nazarda tutilgan.

Bug‘doy ekish mavsumini uyushqoqlik bilan optimal muddatlarda o‘tkazish maqsadida 132 otryadlar tashkil qilingan bo‘lib, ularga tegishli mutaxassis xodimlar va texnikalar biriktirildi. Bug‘doy ekish ishlarida 276ta yuqori unumli traktorlar, 133 dona don ekish seyalkalar hamda boshqa yuzlab texnikalar va moslamalardan samarali foydalanilmoqda. Ularning soz holda samarali ishlashini ta'minlash uchun 124ta ko‘chma ta'mirlash ustaxonalari xizmat ko‘rsatmoqda.

Hozirda 9 ming 870 gektar maydonga bug‘doy ekildi. Ekish ishlarini optimal muddatlarda va belgilangan agrotexnik qoidalar asosida olib borish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Top