Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BMTning 70-sessiyasida qatnashish uchun AQShga kelishidan maqsadi haqida aytdi. U o‘z davlatini qo‘llab-quvvatlayotgan xalqaro koalitsiyaning BMT Xavfsizlik kengashida o‘rni mustahkamlanishiga guvoh bo‘lish uchun AQShga kelgan.
"Bizning davlatimiz yaxlitligi tarafdori bo‘lgan koalitsiyaning mustahkamligi Ukraina uchun toza havo kabi zarurdir", deydi u 26 sentabr kuni telekanallardan biriga bergan intervyusida.
"BMTning yubiley sessiyasida asosiy mavzular tinchlik, xavfsizlik va inson huquqlari himoyasi bo‘lmoqda. Ukraina uchun esa bu mavzular boshqa barcha davlatlarga qaraganda muhimroq", deydi Poroshenko.
U o‘z safarida bir necha muhim uchrashuvlar o‘tkazilishini qayd qilib o‘tgan.
U shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolari tarkibi qayta ko‘rib chiqilishini istovchilar tomonida.
Poroshenko Ukrainaning 2017 yilgacha BMT Xavfsizlik Kengashi a'zoligiga qabul qilinishidan umidvorligini bildirgan.
U shuningdek, Rossiyadan BMT Xavfsizlik Kengashidagi doimiy a'zolik o‘rni va veto huquqi olib qo‘yilishini istaydi.