09:47 / 16.10.2015
3464

“Eyr Astana” Kaspiy dengizida Rossiya raketalari uchirilgani tufayli yo‘nalishini o‘zgartirdi

“Eyr Astana” aviakompaniyasi Kaspiy dengizi atrofidagi vaziyat tufayli Olma-Ota-Boku-Olma-Ota reysining yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati vakili “Ostona” telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Shuningdek, yaqin bir necha kun ichida Olma-Ota-Tbilisi va Olma-Ota-Istanbul reyslarining yo‘nalishlari o‘zgartirilishi aytildi. Samolyotlar Kaspiy ustidan o‘tmaydi, yangi yo‘nalishga ko‘ra, ular dengizni aylanib o‘tadi.
Ayni paytda “Eyr Astana” Rossiyaning uning hududidan reyslarni o‘tkazishga ruxsat kutmoqda. Parvoz muddati va ketadigan yoqilg‘i hajmi yangi yo‘nalishda ko‘payishiga qaramay, chiptalar narxlari o‘zgarmaydi.

Yaqinda Yevropa aviaxavfsizlik agentligi Kaspiy dengizida Rossiya kemalarining raketa uchirishi tufayli suv havzasi ustidan o‘tadigan reyslar yo‘nalishini o‘zgartirishni tavsiya qilgan edi. Qozog‘iston aviakompaniyasi shu tavsiya asosida o‘zgarishlarni amalga oshirdi.

Top