Taniqli aktyor Deniel Kreyg nega ekranda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning obrazini gavdalantirmasligini aytdi.
Rossiyalik jurnalistning u tashqi qiyofasi bilan Putinni eslatishini, shu bois kelajakda bu davlat arbobining rolini ijro etish niyati bor-yo‘qligi haqidagi savoliga javoban Kreyg komil ishonch bilan “Yo‘q” degan javobni berdi.
“Personajlarim film oxirida halok bo‘lishini yoqtirmayman”, - tushuntirdi Kreyg.
Shuningdek, u yaqinda premerasi bo‘lib o‘tgan “007: Spektr” filmining suratga olinish jarayoni haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, jumladan, qattiq charchagani bois dunyo bo‘ylab sayohat qilib suratga tushish ham uning ko‘nglini ovuta olmaganini ta'kidladi.