5 kun ichida Rossiya aviatsiyasi IShIDning neft xom ashyosini olib ketayotgan mingta benzin tashuvchisini yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Oxirgi 5 sutka mobaynida Rossiya samolyotlari tomonidan IShID terrorchi guruhlari nazorat qiladigan zavodlarga neft xom ashyosini olib ketayotgan mingdan ortiq benzin tashuvchisini yo‘q qildi”, - dedi mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov.
Bundan tashqari, matbuot kotibi terrorchilarga tegishli bir qator muhim neft obektlari yo‘q qilinganini aytdi.