Xitoy Savdo vaziri Gao Xuchen va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi(ASeAN)ga a'zo mamlakatlar vakillari Kuala-Lumpurda ayni paytda amalda bo‘lgan erkin savdo to‘g‘risidagi tartibni takomillashtirish to‘g‘risidagi protokolni imzolashdi. Bu haqda XXR TIV ma'lum qildi.
“Xitoy-ASeAN” erkin savdo zonasi maqomini oshirish to‘g‘risidagi protokol XXR a'zo bo‘lgan bu kabi iqtisodiy birlashmalar uchun dastlabki shunday hujjat hisoblanadi. U mahsulotlar savdosi, xizmat ko‘rsatish, sarmoya kiritish, shuningdek, iqtisodiy va texnik hamkorlikni ham o‘z ichiga oladi”, - deyiladi xabarda.
XXR tashqi siyosat mahkamasining qayd etishicha, protokolning imzolanishi Xitoy va ASeAN davlatlari o‘rtasidagi savdo ayirboshlash hajmini 2020 yilga qadar yiliga 1 trillion dollarga qadar oshirish maqsadiga xizmat qiladi.
Xitoy va ASeAN o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuv 2010 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan.
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasiga esa 10 davlat a'zo bo‘lgan: Bruney, Vetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin.