Nexus 5X va Nexus 6P smartfonlarini taqdim etgan Google kompaniyasi Nexus 6 modelini sotuvdan chiqardi.
Smartfon kompaniyaning rasmiy do‘konlarida sotuvdan olib tashlangan bo‘lsa-da, uni boshqa chakana do‘konlardan sotib olish mumkin. Misol uchun, Amazon ushbu smartfonni 350 dollar narxda sotmoqda.
Ma'lumot uchun, Motorola kompaniyasi yaratgan Nexus 6 o‘zining 6 dyuymli ekrani va Snapdragon 805 protsessori bilan ajralib turadi.