Iroq poytaxti Bag‘dod shahrining markaziy maydoni Tahrirda mamlakat hududiga turk qo‘shinlarining kirib kelishiga qarshi ko‘p ming kishilik namoyish o‘tkazilmoqda. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Maydonda shia harbiylari bilan qo‘shib hisoblaganda 4 ming odam to‘plangan.
Ma'lum qilinishicha, namoyish qatnashchilarining ayrimlari Turkiya bayrog‘ini yoqqan.