07:20 / 14.12.2015
5266

Nazarboyev: boylik bilan kekkayish kerak emas

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev yil yakunlari bo‘yicha bergan intervyusida tadbirkorlarga biznesni qonuniylashtirish va xususiylashtirishda faolroq ishtirok etish zarurligini eslatib o‘tdi.

“Davlat boyib ketishga imkon bergan odamlarni birma-bir bilaman. Hammani qonuniylashtirishda ishtirok etishga chaqiraman. Men ularning har biri qanday boyiganini bilaman. Birinchidan, ularning o‘zlari bunga qodir, g‘ayratli edilar. Davlat ular uchun sharoit yaratib berdi, bundan kekkayish shart emas. Nochorlikdan chiqqan boylar oddiy uy qurish o‘rniga 4 qavatli uylar qura boshladilar – bu uyni saqlash uchun qancha odam, farroshlar kerak?”, deb so‘radi Nazarboyev.   

Nazarboyev u Xitoyda “Ipak yo‘li odami” mukofotiga sazovor bo‘lgani va bunga qo‘shimcha yaxshi pul mukofoti ham berilganini aytib o‘tdi.

“Men bu pulning bir qismini rahm-shafqat jamg‘armasiga, bir qismini qozoq tilini o‘rganish uchun berdim. Mana o‘sha rahm-shafqat jamg‘armasiga bergan 300 ming dollarim. Men o‘zimdan juda mamnun bo‘ldim. Davolana olmagan bolalar, davolanib normal hayotga qaytdilar. O‘ziga to‘q odamlar xayriya ishlarida faol ishtirok etishlari kerak, Qozog‘iston bunday odamlarni bilishi kerak – mana nochorlar, kasallarga yordam bergan sahovatpesha, deb bilsin. Mana, shu jamiyat normal jamiyatdir, biz bunga qarab ketmoqdamiz, biz hali yosh davlatmiz”, deb qo‘shimcha qildi Nazarboyev.   

Top