Rossiya prezidenti Vladimir Putinning nodiplomatik va haqoratli bayonotlari Turkiya tomonidan jiddiy qabul qilinmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmat Dovuto‘g‘li aytib o‘tdi.“Biz bunga jiddiy qaray olmaymiz”, - uning so‘zlarini keltiradi Hürriyet Daily News nashri.
Dovuto‘g‘lining so‘zlariga qaraganda, Putinning so‘zlari zamonaviy dunyo ruhiga va Rossiya-Turkiya aloqalariga mos kelmaydi.
Shuningdek, Turkiya hukumati boshlig‘i Putinning so‘zlarini “Pravda” gazetasining yolg‘onlariga tenglashtirdi.