15:10 / 03.03.2016
9541

O‘lik dengizining suv sathi tushib ketmoqda

O‘lik dengizi suvining sathi shiddat bilan pasayib ketmoqda. Haaretz gazetasi maxsus tadqiqotida yozishicha, 1976 yil O‘lik dengizi suvi yuzasi dunyo okeaniga nisbatan 398 metr pastroq bo‘lgan, 2015 yilning dekabriga kelib bu ko‘rsatkich 430 metrga yetdi.

Mutaxassislarning bahosiga ko‘ra, O‘lik dengizining suvi yaqin 20 yil ichida yana 25 metrga kamayishi mumkin. Oldini olish choralari ko‘rilmasa, 2050 yilga kelib Yer yuzidagi eng sho‘r suv havzasi butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfi bor, deb xabar beradi TASS.

Bir yil avval Isroil va Iordaniya Qizil dengiz suvini chuchuklashtirib, tuzli qoldiqlarni qurib borayotgan O‘lik dengiziga quyish haqida kelishib olgan edilar.

O‘lik dengizi sayyoramiznig eng past nuqtasi hisoblanadi. Uning janubiy chekkasi allaqachon qisman qurib bitgan. Qurigan qismning o‘rnida eni bir necha yuz metrli o‘ziga xos to‘z to‘plamlari hosil bo‘lgan.

Bundan tashqari, O‘lik dengizining yana bir muammosi bor. Dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab bo‘shliqlar hosil bo‘lgan. Bu infratuzilma, xususan yo‘llar va ko‘priklar uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Dengiz sathining pasayishi bilan bo‘shliqlar hosil bo‘lishi ham ko‘payib ketmoqda. 1996 yilda 220 ta bo‘shliq qayd etilgan bo‘lsa, 2006 yilda 1808 ta, o‘tgan yili – 5548 ta bo‘shliq hisoblangan.

Top