10:02 / 11.03.2016
2254

Tramp: Putin Obamaga qaraganda kuchliroq yetakchi - bu fakt

AQSh prezidentligi uchun saylovda respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan milliarder Donald Tramp mamlakatning amaldagi prezidenti, demokratlar vakili bo‘lmish Barak Obamani Rossiya prezidenti Vladimir Putindan ko‘ra kuchsizroq rahbar sifatida qayd etdi. U CNN efiri orqali namoyish qilingan, saylov jarayonida o‘zining partiyadoshlari bilan kechgan debati vaqtida shu haqda aytib o‘tgan.

"Agar biz Putin haqida gapiradigan bo‘lsak, men uning Rossiya uchun kuchli yetakchi ekanini qayd etishim kerak. Men sizga aytishim mumkinki, u bizning prezidentdan kuchliroq. Lekin bu men uni qo‘llab-quvvatlashimni anglatmaydi", deydi Tramp.

U bu gapini ijobiy yoki salbiy ta'sir ko‘rsatish uchun emas, bu shunchaki faktligi uchun aytganini ta'kidlagan.

Top