10:51 / 22.04.2016
1439

Serxio Ramos: «Barselona»ning mag‘lubiyatidan albatta xursand bo‘laman»

Madridning «Real» klubi himochisi Serxio Ramos Kataloniyaning «Barselona» klubiga har doim mag‘lubiyat tilashini yashirib o‘tirmadi. Bu jamoa «qaymoqranglilar» uchun eng prinsipial raqib bo‘lib kelmoqda.

«Albatta, «Barselona»ning har bitta mag‘lubiyatidan xursand bo‘laman. Ularga qanchalik yomon bo‘lsa, «Real» uchun bu shunchalik yaxshi bo‘ladi. «Barselona» ustidan qozongan oxirgi g‘alabamiz ular uchun juda katta ruhiy zarba bo‘ldi», — deya Ramosning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Cadena Cope.

Unga agar «Barselona» libosida maydonga tushganingizda nima bo‘lardi, deya berilgan savolga Ramos: «Balki menda bitta qizil kartochka kamroq bo‘lardi», deya javob qaytargan.

Top