Misr fuqaro aviatsiyasi vazirligi, A320 O‘rta yer dengiziga qulashidan avval, uning bortida yong‘in sodir bo‘lgani yoki tutun qayd etilganini tasdiqlovchi dalillar mavjud emasligi xususida bayonot bergan. Bu haqda Al-Aabiya telekanali xabar qilmoqda.
«Samolyot bortida tutun qayd etilganini tasdiqlovchi ma'lumot yo‘q», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Bundan avvalroq, internet tarmog‘ida EgyptAir aviakompaniyasi samolyotiga tegishli parchalarning suratlari paydo bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.