23:35 / 17.06.2016
9383

Rossiya tashqi ishlar vazirligi: Anqara Moskvaning shartlariga javob bermayapti

Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Anqara Rossiya tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun qo‘yilgan shartlarga javob bermayapti, deb aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

"Biz hanuzgacha Rossiya tomonidan avvalroq bir necha marotaba aytilgan, Turkiya bilan munosabatlarni nomallashtirishga juda bo‘lmasa dastlabki asoslarning paydo bo‘lishi haqida gapirish mumkin bo‘ladigan sharoitlarga javob berish borasida qandaydir taraqqiyotni ko‘rmayapmiz", deb aytdi Zaxarova.  

Uning aytishicha, Turkiya yetakchilarining Rossiya rahbariyatiga yuborgan nomalarida birorta mazmunli narsa bo‘lmagan. 

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llagandi. Erdo‘g‘an rossiyaliklarni Rossiya kuni bilan tabriklab, Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar "munosib darajaga" ko‘tarilishini tilab qolgan.

Top