Jahon | 09:52 / 12.10.2016
7128
1 daqiqa o‘qiladi
Kobulda bir kunda ikkinchi marta masjidga hujum amalga oshirildi
Afg‘oniston poytaxti Kobulda bir kunda ikkinchi marta masjidga hujum amalga oshirildi. Bu gal shaharning janubidagi mavzelaridan birida joylashgan Chor Yara masjidiga hujum qilindi.
Bu haqda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Sodiq Sodiqiy tvitterda ma'lum qildi.
Uning aytishicha, voqea joyiga jangarilarning hujumini qaytarish uchun tezkorlik bilan maxsus kuchlar jangchilari yetib kelgan.
Ayni vaqtda jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Shu kuni avvalroq Kobulda shia masjidi yonida portlash sodir etilgandi. Portlash oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
17:22 / 01.10.2022
O‘zbekiston Kobuldagi maktabda sodir etilgan terrorchilik xurujini qoraladi
10:10 / 01.10.2022
Kobulda maktabga hujum oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi
19:57 / 05.09.2022
Kobulda portlash oqibatida Rossiya elchixonasining ikki xodimi halok bo‘ldi
17:33 / 05.09.2022