Jahon | 16:03 / 05.11.2016
20427
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj: Klinton Liviyaning barbod bo‘lishida asosiy shaxs edi

Foto: AP

AQSh prezidentligi uchun demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klintonning yozishmalari, uning Liviya parchalanishida asosiy o‘rin tutganidan guvohlik beradi. Bu haqda, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj RT telekanali efirida so‘z yuritgan.

4 noyabr kuni WikiLeaks sayti Klinton saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podesta maktublarining 29-qismini e'lon qildi. Unda 50 mingga yaqin maktubning 47 mingdan ortig‘i keng jamoatchilik e'tboriga havola etilgan. 

"Liviyadagi urush hammasidan ham Hillari Klintonning urushi edi", — degan Julian Assanj va AQSh prezidenti Barak Obama boshida Liviyadagi harbiy harakatlarga qarshi bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. 

Assanj 2011 yil oxirlariga oid hujjatlar to‘plamini "Liviya. Voqealar davriyligi" ("Libya Tick Tock") deb nomlagan.

"Hujjat Liviya davlatchiligining parchalanish jarayonida ro‘y bergan hodisalar davrini namoyish etadi. Uning markazida esa Hillari Klinton turgan edi", — deb ta'kidlagan Assanj.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Klinton Liviya yetakchisi Muammar Qozzofiyning ag‘darilishi va ushbu mamlakatdagi davlat to‘ntarishini prezidentlik poygasining kirish qismidek baholagan edi. 

Mavzuga oid