O‘zbekistonliklar xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov bilan vidolashmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda janoza marosimida olingan suratlar tarqalgan.
Abdulla Oripov bugun Do‘rmondagi hovlisidan chiqarildi, janoza marosimi 11:00 da boshlangan. Marhum Toshkentdagi «Chig‘atoy» qabristoniga dafn etiladi. Shoir Muhammad Ismoil o‘zining feysbukdagi sahifasida dafn marosimidan suratlar joyladi.
Abdulla Oripov 5 noyabr kuni AQShning Texas shtatida uzoq xastalikdan so‘ng vafot etgan edi.
6 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi marhumning jasadini Toshkentga olib kelish uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini ma'lum qilgan edi.
Manbalarga ko‘ra, shoir jasadi solingan tobut vatanga 9 noyabr kuni kechqurun Moskva orqali olib kelingan.