Sport | 19:47 / 01.12.2016
4850
3 daqiqa o‘qiladi

"Formula-1" poygasi bitta Gran-pridan mahrum bo‘ldi

Foto: motor.ru

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) "Formula-1" poygasining 2017 yilgi musobaqa jadvalini chop etdi. Keyingi mavsumda 2016 yildagidan farqli ravishda, bittaga kamroq poyga, ya'ni 20 ta bosqich bo‘ladi. 2017 yilda Germaniya Gran-prisi o‘tkazilmaydi.

Mavsum 26 mart kuni Avstraliyadagi Gran-pridan boshlanadi. Poyganing oxirgi bosqichi esa 26 noyabrda Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Yozgi tanaffus deyarli bir oy davom etadi va Vengriya Gran-prisidan keyin boshlanadi. Mavsum avgust oxirida Belgiyadagi bosqich bilan davom ettiriladi.

Quyida poyganing keyingi mavsum uchun musobaqa jadvali keltirilgan:

Avstraliya Gran-prisi           26 mart
Xitoy Gran-prisi                  9 aprel
Bahrayn Gran-prisi               16 aprel
Rossiya Gran-prisi                 30 aprel
Ispaniya Gran-prisi              14 may
Monako Gran-prisi               28 may
Kanada Gran-prisi                11 iyun
Ozarbayjon Gran-prisi       25 iyun
Avstriya Gran-prisi              9 iyulya
Buyuk Britaniya Gran-prisi  16 iyul
Vengriya Gran-prisi              30 iyulya
Belgiya Gran-prisi               27 avgusta
Italiya Gran-prisi                3 sentabrya
Singapur Gran-prisi            17 sentabrya
Malayziya Gran-prisi            1 oktabr
Yaponiya Gran-prisi                8 oktabr
AQSh Gran-prisi                     22 oktabr
Meksika Gran-prisi              29 oktabr
Braziliya Gran-prisi             12 noyabr
Abu-Dabi Gran-prisi            26 noyabr

Joriy mavsumda g‘olib Niko Rosberg bo‘ldi. U bunday yuksak muvaffaqiyatga faoliyatida birinchi marotaba erishdi. Nemis 9 ta poygada g‘olib bo‘ldi. 2-o‘rinni egallagan Lyuis Xemilton garchi 10 ta poygani yutgan bo‘lsa-da, umumiy hisobda jamoadoshidan ortda qoldi.

 

Mavzuga oid